Hududda yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Ilg‘or MFYning Beshkapa ko‘chasida yo‘llarni sozlash ishlari obodonlashtirish xizmati tomonidan tashkil etildi.
Mazkur ishlar Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati M. Xo‘jiyeva tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlarning sifati, yo‘l qoplamasining holati hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar atroflicha ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.