Новости

Последние новости

янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan o‘z saylov okrugida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolarning murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan 28-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori yuzasidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Ko‘lto‘sin mahallasida yangi poliklinika qurilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 73-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirish berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING 28-SENTABR – 2-OKTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda obodonlashtirish, ijtimoiy obyektlar holatini o‘rganish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

1. Mavlonov Azam Qarshiyevich
21-Xirmontepa saylov okrugi deputati, O‘zMTDP
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari.
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash.
Mas’ul: X. Mirzayeva

2. Ahmedov Shuhrat Murotovich
14-Gavhar saylov okrugi deputati, O‘zXDP
“Gavhar” va “Do‘mbirobod” mahallalari Yettiligi a’zolari tomonidan mahallalarda yashovchi Kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar bilan ishlash, ularning ishsiz a’zolarining bandligini ta’minlash, daromad manbaini oshirishga ko‘maklashish va kambag‘allikdan chiqarish choralari bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganish.
Mas’ul: X. Mirzayeva

3. Fayzullayeva Malika Yarkunovna
1-Beshyog‘och saylov okrugi deputati, EP
Mahallada Kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar a’zolarining bandligini ta’minlash, daromad manbaini oshirishga ko‘maklashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida bo‘lganlarga subsidiya va kredit ajratilishida ko‘rsatilgan amaliy yordam hamda belgilangan chora-tadbirlar doirasida olib borilgan ishlarni o‘rganish.
Mas’ul: X. Mirzayeva

4. Doimiy komissiyalar tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganish.
Mas’ul: G. Norbayeva

5. Xusainov Alisher Abduvaxabovich
17-Bekto‘pi saylov okrugi deputati, Adolat SDP
Mahallada Kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar a’zolarining bandligini ta’minlash, daromad manbaini oshirishga ko‘maklashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida bo‘lganlarga subsidiya va kredit ajratilishida ko‘rsatilgan amaliy yordam hamda belgilangan chora-tadbirlar doirasida olib borilgan ishlarni o‘rganish.
Mas’ul: G. Norbayeva