Новости

Последние новости

янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan o‘z saylov okrugida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolarning murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan 28-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori yuzasidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Ko‘lto‘sin mahallasida yangi poliklinika qurilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 73-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirish berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI DEPUTATLIK FAOLIYATI – XALQ MANFAATLARI UCHUN!

🏛 QONUN | 🔍 NAZORAT | 👥 XALQ MANFAATI
1️⃣ SAYLOV JARAYONIDA DEPUTATLIK FAOLIYATI
📥 Saylov jarayonining muhim bosqichlaridan biri — deputatlikka nomzodlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olishdir.
🟢 Nomzodlar ro‘yxatdan o‘tishi uchun zarur hujjatlarni taqdim etadilar.
👥 Tegishli saylov komissiyalari ularning hujjatlarini ko‘rib chiqadi.
🔍 Saylov komissiyasi qaroriga asosan nomzodlar ro‘yxatga olinadi.
📜 Ro‘yxatga olingan nomzodlar haqida axborot jamoatchilikka e’lon qilinadi.
☑️ Adolatli saylov – barqaror jamiyat kafolati!
2️⃣ DEPUTATLIK FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
👥 Aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishda ishtirok etish.
📄 Qonunchilik hujjatlarining ijrosini ta’minlashda ishtirok etish.
🔍 Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati ustidan parlament nazorati.
💬 Saylovchilar bilan muntazam muloqot qilish.
🏛 Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish.
🤝 Xalq bilan muloqot – deputat faoliyatining bosh mezoni!
3️⃣ QONUNCHILIK HUJJATLARI BILAN TANISHISH
✅ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
✅ “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun
✅ “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun
✅ O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlari
📖 Qonunlarni bilish – deputatning asosiy burchi!
4️⃣ DEPUTATLIK SO‘ROVI VA MUROJAATLARI
📝 Deputatlik so‘rovi – bu saylovchilar muammolarini hal etish, davlat organlaridan axborot olish va masalani yechimini topishga qaratilgan murojaatdir.
✅ Fuqarolarning murojaatlari tahlil qilinadi.
✅ Mas’ullar bilan hamkorlikda yechim izlanadi.
✅ Natijasi bo‘yicha saylovchilar xabardor qilinadi.
👥 Har bir murojaat – e’tiborga loyiq!
5️⃣ DEPUTATLIK NAZORATI
🔍 Deputatlik nazorati – bu davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining qonunlarga rioya etishini tekshirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyatdir.
✅ O‘rganishlar va tahlillar o‘tkaziladi.
✅ Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
✅ Ijrosi nazoratda ushlab turiladi.
🛡 Qonun ustuvorligi – deputat e’tiborida!
6️⃣ DEPUTATLIK FAOLIYATIDA JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIK
🤝 Deputat o‘z faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi.
👥 Jamoatchilik bilan ochiq muloqot
🏘 Mahalla bilan hamkorlik
📻 OAV bilan axborot almashinuvi
🌐 NNT va fuqarolik jamiyati institutlari bilan sheriklik
🕸 Birgalikda – Yangi imkoniyatlar sari!
7️⃣ DEPUTAT – XALQ ISHONCHIGA SADOQAT BILAN XIZMAT QILADI
✅ Xalq manfaatini himoya qilish
✅ Qonuniylik va adolatni ta’minlash
✅ Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
✅ Aholi turmush farovonligini oshirish
👥 Xalq ishonchi – eng katta boylik!