Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-393-V-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror mazmuni ham muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 16-oktabrdagi DKQ03-01/96-26-son qarori imzolandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javshar ota mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi bilan uchrashib, aholi bilan ishlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Mamayusupov ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Bandixon tumanida xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish va oilaviy tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev "Chinor" mahallasida joylashgan 1-sonli texnikumda bo‘lib, xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya hamda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rgandi.

Tashrif davomida muassasaning birinchi qavatida mahalla xotin-qizlari uchun maxsus tashkil etilgan tikuvchilik ustaxonasi ko‘zdan kechirildi. Zamonaviy tikuv uskunalari bilan jihozlangan mazkur maskanda ayollarning kasbiy ko‘nikmalarni egallashi va mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun barcha qulayliklar yaratilgani qayd etildi.

Monitoring yakunida o‘quv kurslari ko‘lamini kengaytirish, yangi yo‘nalishdagi kasbiy to‘garaklar

Slide 1 of 1