Новости

Последние новости

янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan o‘z saylov okrugida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan 28-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori yuzasidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Ko‘lto‘sin mahallasida yangi poliklinika qurilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 73-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirish berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA

Ijtimoiyat mahallasida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 Bandlik masalasi: ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha ishlar tahlil qilindi.
🔹 Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash: kambag‘al oilalarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🔹 Ijtimoiy xizmatlar: aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligi, fuqarolarning mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati ko‘rib chiqildi.
🔹 Infratuzilma: mahallada munosib yashash sharoitlarini yaratish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
🎯 MAQSAD: yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va mahallada farovon hayot sharoitlarini yaxshilash.