O‘rganish davomida Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini raisi B.G‘aniyevning hududda olib borayotgan faoliyati bilan ham tanishildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada 4150 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 1471 ta xonadon va 1521 ta oila mavjud. B.Marg‘iloniy hamda B.Marg‘iloniy tor ko‘chalari mavjud bo‘lib, hududda jami 29 ta ko‘p qavatli uy joylashgan.
Mahalla raisi hududda aholi uchun qulay sharoitlarni yaxshilash, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish bilan bog‘liq qator masalalarni ko‘tarib chiqdi. Xususan, mahalla hududida qurib qolgan 10 tup daraxtni olib tashlash, B.Marg‘iloniy va B.Marg‘iloniy tor ko‘chalarida ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish zarurligi bildirildi.
Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini idorasi hozirgi vaqtda ikkita kichik xonada faoliyat olib borayotgani, mavjud sharoitlar mahalla xodimlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani qayd etildi.