35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova tomonidan aholi bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov Gulzor mahallasida mahalla hokim yordamchisi bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklar yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbariga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugi deputati B.Shakarov tashabbusi bilan saylov okrugi hududida aholi murojaatlaridan kelib chiqib, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan ko‘cha boshlaridan biri bilan suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Deputat Musurmanov Maqsud Musurmon o'g'li so‘roviga tuman “Samarqand suv ta’minot” MChJ tuman filiali boshlig‘i. J.Abdullayevdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan fuqarolarga ko‘chmas mulk va yer uchastkalariga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ulardan qonuniy foydalanish hamda mavjud masalalarni hal etish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 20-yanvardagi VII-20-6-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i K.Xudayqulov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Niyatov ishtirokida hududlarda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
Eshonguzar ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari deputatlik nazoratida
Hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va yo‘l-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda aholining haqli murojaatlari yechimini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Z.G‘ofurova, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova, Yangibogʻ va Teraktagi mahallalari raislari hamda Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi mas’ul xodimi A.Vasidjonov ishtirokida hududdagi yo‘l-ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish Marg‘ilon shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini joyida tahlil qilish maqsadida Yangibogʻ MFY va Teraktagi MFY hududidan o‘tuvchi Eshonguzar ko‘chasida tashkil etildi. Mazkur dastur Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida Eshonguzar ko‘chasining 2,4 kilometr qismida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani, mazkur ishlarning umumiy qiymati 7 milliard 210 million so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Biroq o‘rganish jarayonida yo‘l bo‘ylariga o‘rnatilgan beton lotoklarning faqat xonadonlarga kirish-chiqish joylarida usti yopilgani, qolgan qismlar esa ochiq holda qoldirilgani aniqlandi.

Ko‘chaning torligi va transport qatnovining yuqoriligi hisobga olinsa, ochiq qolgan lotoklar piyodalar va transport vositalari harakati uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Mazkur holat, tabiiyki, hudud aholisi tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

O‘rganish davomida fuqarolarning fikr-mulohazalari ham tinglanib, yo‘l-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda nafaqat yo‘l qoplamasining holati, balki aholining kundalik harakati va xavfsizligi uchun zarur sharoitlarni ham ta’minlash lozimligi qayd etildi.

Aniqlangan masala yuzasidan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Z.G‘ofurova tomonidan Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida Eshonguzar ko‘chasidagi beton lotoklarning ochiq qolgan qismlari bilan bog‘liq holatni o‘rganish, fuqarolarning haqli e’tirozlarini inobatga olish hamda yo‘l infratuzilmasidan xavfsiz va qulay foydalanish uchun zarur choralarni ko‘rish masalasi ko‘tarildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik nazoratining amaliy ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatadi. Chunki hududlarda amalga oshirilayotgan har qanday bunyodkorlik va infratuzilma loyihasi, avvalo, aholining kundalik hayotiga qulaylik yaratishi va fuqarolar manfaatiga xizmat qilishi kerak.

Eshonguzar ko‘chasidagi mavjud holat bo‘yicha deputatlik so‘roviga asosan ko‘riladigan choralar va masalaning yakuniy yechimi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.
Slide 1 of 8