35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Aholini daromad manbai bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kameralar o‘rnatilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev, Inson ijtimoiy xizmatlari markazi direktori v.v.b. M.Mamatov hamda mas’ullar tomonidan Ko‘paki mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan M.Ulug‘bek mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholi muammolarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
#Deputatlar_faoliyati
янв.21
Agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan G'allakor mahallasida yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova tomonidan okrugda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.Djamolova tomonidan Kattasaydov mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 21-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholi muammolari o‘rganilmoqda.
Har bir oila bilan manzilli ishlash — asosiy vazifa

Har bir oila bilan manzilli ishlash — asosiy vazifa

Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Termiz tumani hokimi, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 9-namuna saylov okrugu deputati Shuxrat Qalandarov "Namuna" mahallasida bo‘lib, mahalla "yettiligi"ning aholi bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi.

Jarayonda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning daromadini oshirish, bandligini ta’minlash va mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. Har bir oila kesimida muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullar va aniq muddatlar belgilandi.

O‘rganishlar davomida mahalla "yettiligi" faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham e’tibor qaratildi. Aholi bilan ishlashda formal yondashuvga yo‘l qo‘ymaslik, har bir xonadonning holatini chuqur o‘rganish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Eng muhimi, mahalladagi har bir oilaning muammosini eshitish emas, uning yechimini ta’minlash, oilalarni daromadli mehnatga jalb etish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy natijaga erishish vazifasi ustuvor etib belgilandi.

Berilgan topshiriqlar ijrosi belgilangan muddatlarda o‘rganilib, natijasi nazorat qilib boriladi.

Slide 1 of 9