Новости

Последние новости

янв.21
Payariq tumani Choshtepa mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich Payariq tumaniga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, belgilangan vazifalar ijrosi hamda istiqboldagi loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Media-reja ishlab chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Qirqovul mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go'zal mahallasida yashovchi F.M.ning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida aholini doimiy va vaqtincha bandlikka jalb etish, kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash ishlarining samaradorligi, shuningdek, kambag‘al va ishsiz aholini bandlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 11-sentabrdagi VII-31-97-7-100-K/26-son qaroriga asosan, “Ochiq budjet” axborot portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan takliflar ovozlar soniga ko‘ra yuqoridan pastga tamoyili asosida hamda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib belgilandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimligi mas’ullari bilan birgalikda hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 21-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muntazam o‘rganib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 1-Uvaysiy saylov okrugi hududidagi Uvaysiy mahallasida amalga oshirildi. O‘rganishda “Ijtimoiy soha,yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zosi,deputat Sh.Madaminova saylov okrugida, Kengash kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan mahalla yoshlar yetakchisi T.Omonovning yoshlar bilan ishlash faoliyati, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Uvaysiy mahallasida 6 658 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada 1 685 ta oila va 1 293 ta xonadon mavjud bo‘lib, 14–30 yoshdagi yoshlar soni 1 436 nafarni tashkil etadi. Bu esa yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ularning qiziqish hamda imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi.

O‘rganish davomida yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga ham e’tibor qaratildi. Jumladan, ikki nafar yosh “2+6” dasturi asosida xorijiy til kursida o‘qitilgan. E’tiborlisi, mazkur yoshlar olgan bilim va tajribalarini mahalladagi boshqa tengdoshlariga ulashmoqda. Hozirda ular tomonidan mahallada xorijiy tillarni o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv kursi tashkil etilgan.

Mazkur tashabbusning ijtimoiy ahamiyati shundaki, kursda mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning 10 nafar farzandi ham xorijiy til o‘rganmoqda. Bu yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, ularning kelgusida kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga zamin yaratmoqda.

Yoshlarning harbiy xizmatga tayyorgarligi va vatanparvarlik ruhini mustahkamlash borasidagi ishlar ham o‘rganish doirasida ko‘rib chiqildi. Xususan, bir nafar yoshning harbiy xizmatga borishi bilan bog‘liq to‘lovlari qoplab berilgani qayd etildi.

Mahallada yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida ham muayyan natijalar mavjud. Jumladan, 22–26 yoshlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika musobaqasida mahalla yoshlaridan Samiyeva Shalola faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Mazkur natijalar O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-son Qonunida belgilangan yoshlarning ochiq va sifatli ta’lim olishi, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jismoniy va intellektual rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish kabi ustuvor yo‘nalishlarning mahalla darajasida amaliy ifodasidir.

O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisi faoliyatining mavjud holati tahlil qilinib, yoshlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ta’lim, kasb-hunar, bandlik va sportga keng jalb etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan hududlarda yoshlar bilan bog‘liq masalalarning o‘rganilishi va aniqlangan muammolarning yechimi yuzasidan deputatlik nazoratining olib borilishi kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7