Murodbaxsh, Mardlar va Zarafshon ko‘chalarida ichimlik suvi ta’minoti muammosi
o‘rganilmoqda
Murodbaxsh, Mardlar hamda Zarafshon ko‘chalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi. Aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, mavjud muammoni bartaraf etish hamda fuqarolarni sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi. Mazkur murojaat
deputat daftariga qayd etildi. Muammoni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganib, uning yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.