🏫 Xalq deputatlari Arnasoy tumani Kengashi raisi B. Bayanasov, tuman Kengashi deputatlari Sh. Xudoyqulov hamda X. Berdiyev tomonidan hududdagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish yuzasidan joyiga chiqqan holda nazorat tadbiri o‘tkazildi.
🔎 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xususan, isitish tizimi va ko‘mir pechlarining texnik sozligi, foydalanishga tayyorligi hamda xavfsizlik talablariga muvofiqligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
⚙️ Shuningdek, mavsum davomida maktabda o‘quvchilar va pedagoglar uchun zarur issiqlik sharoitlarini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni barvaqt aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga aniqlangan holatlardan kelib chiqib tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, kuz-qish mavsumini barqaror, xavfsiz va muammosiz o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.