35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilib, unda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli holat o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan Fitrat mahallasida hududda amalga oshirilgan ishlar va mavjud holat ko‘zdan kechirildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari E.Mamadiyorovning hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 31-sessiyasida Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ham ishtirok etib, sessiya jarayonlarini kuzatdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining YouTube kanalida deputatlar faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar va lavhalarni kuzatib boring!
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Kengash qarori ijrosi doirasida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova hamda tuman hokimining o‘rinbosari bosh mutaxassisi A.Begaydarov tomonidan hududdagi transformatorlarning kuz-qish mavsumida barqaror va xavfsiz ishlashga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
Mahalladagi muammolar — e’tibor markazida

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, Kengash raisi Xontupi mahallasidagi mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, hududda mavjud muammo va kamchiliklar, aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlar, ayollar va xotin-qizlar bilan bog‘liq muammolar, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muhitni mustahkamlash hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mahalla yettiligi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularga yechim topish va mahallada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4