35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova tomonidan aholi bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov Gulzor mahallasida mahalla hokim yordamchisi bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklar yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbariga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugi deputati B.Shakarov tashabbusi bilan saylov okrugi hududida aholi murojaatlaridan kelib chiqib, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan ko‘cha boshlaridan biri bilan suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Deputat Musurmanov Maqsud Musurmon o'g'li so‘roviga tuman “Samarqand suv ta’minot” MChJ tuman filiali boshlig‘i. J.Abdullayevdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 20-yanvardagi VII-20-6-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan fuqarolarga ko‘chmas mulk va yer uchastkalariga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ulardan qonuniy foydalanish hamda mavjud masalalarni hal etish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i K.Xudayqulov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Niyatov ishtirokida hududlarda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
BUGUN AVTOMOBILSIZ KUN!

Bugun imkon qadar avtomobilingizni uyda qoldiring. Ishga yoki yaqin manzilga piyoda boring, velosipeddan foydalaning yoki jamoat transportida harakatlaning. Bu nafaqat havoni toza saqlash, balki ko‘proq piyoda yurish, sog‘lom hayot tarziga amal qilish va shaharimizning yanada qulay muhitga aylanishiga o‘z hissamizni qo‘shish imkonidir.

Bir kun avtomobilsiz yurish qiyin tuyulishi mumkin. Ammo har bir yaxshi o‘zgarish kichik odatdan boshlanadi.

🌿 Toza havo — hammamizga kerak.
🚶 Piyoda yurish — sog‘liq uchun foydali.
🚲 Velosiped — qulay va ekologik tanlov.
🚌 Jamoat transporti — shahar harakatini yengillashtiradi.
🤝 Birgalikdagi kichik harakat — katta natijaga xizmat qiladi.

Keling, bugun o‘zimiz uchun ham, farzandlarimiz kelajagi uchun ham toza havo va sog‘lom muhit tarafini tanlaylik!

M.Abdurahmonova
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati,
O‘EP Marg‘ilon shahar partiya tashkiloti raisi

Slide 1 of 1