Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati E.Karimov 200 nafarga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashmoqda.
Uchrashuvda 92 ta mahallada amalga oshirilayotgan va yangi boshlanayotgan tadbirkorlik loyihalari hamda tadbirkorlarning murojaatlari o‘rganilmoqda.
Qiymati 500 mln so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ta’lim va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar tahlil qilinmoqda.
Asosiy maqsad — yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish.