35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan hududdagi avtomobil yo‘llarining holati, ularni saqlash va ta’mirlash bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
янв.21
88-ds-377-26-sonli deputatlik so‘roviga asosan, Do‘stlik mahallasidagi 105-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga olib boruvchi ichki yo‘l holati mas’ullar tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov hamda tuman hokimligi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi J. Bekanov tomonidan hududda olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov hamda Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan deputatlik o‘rni vakant bo‘lgan 19-Ravot saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII-20-5-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan "Zarbdor tajribasi" asosida 2026-yilda amalga oshirilishi belgilangan drayver loyihalari bajarilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan “Tashabbusli budjet” doirasida g‘olib deb topilgan loyihalarning ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov hamda Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 19-Ravot saylov okrugi vakant bo‘lganligini inobatga olib, Fitrat mahallasidagi holat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalach saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan hududdagi poliklinikada fuqarolarga dori vositalarining yetkazib berilishi va ta’minoti yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi A.Begaydarov tomonidan 6-Farovon saylov okrugida kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o'rganish olib borildi.
MAYDONBOZORDAGI UCHRASHUV: TASHABBUS VA IMKONIYAT

Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati E.Karimov “Maydonbozor” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rgandi.

Muloqotlar davomida fuqarolarning aksariyati tayyor ko‘mak kutishdan ko‘ra, mehnat qilish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, kichik biznesni yo‘lga qo‘yish va mustaqil daromad topishga intilayotgani namoyon bo‘ldi.

Shuningdek, ayrim fuqarolar o‘z loyihalarini amalga oshirish va biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur ko‘makka ehtiyoj borligini bildirdi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbalarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4