35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova tomonidan aholi bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov Gulzor mahallasida mahalla hokim yordamchisi bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklar yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbariga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugi deputati B.Shakarov tashabbusi bilan saylov okrugi hududida aholi murojaatlaridan kelib chiqib, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan ko‘cha boshlaridan biri bilan suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Deputat Musurmanov Maqsud Musurmon o'g'li so‘roviga tuman “Samarqand suv ta’minot” MChJ tuman filiali boshlig‘i. J.Abdullayevdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 20-yanvardagi VII-20-6-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan fuqarolarga ko‘chmas mulk va yer uchastkalariga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ulardan qonuniy foydalanish hamda mavjud masalalarni hal etish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i K.Xudayqulov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Niyatov ishtirokida hududlarda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
BANDLIK VA TADBIRKORLIKKA YANGI IMKONIYATLAR

Deputatlik o‘rganishlari davomida Maorif mahallasidagi bandlik, tadbirkorlik va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar tahlil qilindi
Hududlarda aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishda mahallabay ishlash tizimi muhim mexanizmga aylanmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirishda esa mahalliy Kengash deputatlarining deputatlik nazorati alohida ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M.Raimdjanov hamda A.Mahkamov tomonidan 8-Maorif saylov okrugi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida deputatlik o‘rganishi olib borildi.

O‘rganish davomida hududda “mahallabay” ishlash tizimi asosida mavjud imkoniyat va zaxiralarni aniqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati tahlil qilindi.

Xususan, Maorif MFY hokim yordamchisi A.Po‘latovning faoliyati o‘rganilib, mahallada aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Maorif mahallasida 1 016 ta xonadonda 7 134 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududning asosiy ixtisoslashuvi kosibchilik, nonvoychilik, shuningdek, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosidan iborat.

Mahallada hunarmandchilik va kichik ishlab chiqarishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kosibchilik ham keng rivojlangan. Bugungi kunda 148 ta xonadonda kosibchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani aholining mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanayotganidan dalolat beradi.

Bandlik masalasida ham muayyan natijalarga erishilmoqda. Yil boshida mahallada 67 nafar ishsiz fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bugungi kunga qadar ularning 43 nafari bandligi ta’minlangan.

Fuqarolarni bandlikka jalb etishda turli mexanizmlardan foydalanilgan. Jumladan, ayrim fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan bo‘lsa, boshqalari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, imtiyozli kreditlardan foydalanish, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad manbaiga ega bo‘lish imkoniyatlari ham kengaytirilgan.

Deputatlar tomonidan o‘rganish davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, hali foydalanilmagan imkoniyat va zaxiralarga ham e’tibor qaratildi. Ayniqsa, mahalladagi mehnat resurslaridan samarali foydalanish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va barqaror daromad manbalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Deputatlik o‘rganishlarining asosiy maqsadi — faqat mavjud holatni qayd etish emas, balki aniqlangan muammolarning amaliy yechimini ta’minlash, mahallalarda aholining iqtisodiy faolligini oshirish va fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga ko‘maklashishdan iborat.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni o‘rganish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5