35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan maydonlardan yanada samarali foydalanish, foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta foydalanishga kiritish hamda sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketishining sabablarini aniqlash va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari M.Alibekovning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi 31-sessiyasida viloyat Kengashi deputatlari Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna hamda Norboyeva Sohiba Otakulovnalar ishtirok etishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari E.Mamadiyorovning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida 12-Yangiobod saylov okrugi deputati N.Parmanova tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini “Ilk qadam” dasturi doirasida zarur jihozlar bilan ta’minlash masalasi ko‘tarildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan tumandagi 32-maktab va 36 -maktabgacha ta’lim tashkilotida suv ta’minoti hamda elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar mavjudligi yuzasidan masala ko‘tarildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Javshar ota mahallasida hokim yordamchisi bilan uchrashib, hududda aholini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Tuman hokimining o‘rinbosari E.Mamadiyorovning hisoboti yuzasidan savol berildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov tomonidan fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tushuncha berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbarining aholini doimiy va vaqtincha bandlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash, shuningdek, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish borasidagi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov hamda tuman hokimligi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi J.Bekanov tomonidan Farovon mahallasidagi yo‘lda olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
#sessiya Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz ikkinchi sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida Kengash raisining farmoyishi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, VII chaqiriq xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi 2026-yil 10-sentabr kuni soat 14:00 da oʻtkazilishi belgilangan.

Sessiya kun tartibidagi asosiy masalalar:

🔹Shahar hokimligining shahar mahalliy byudjetining 2026-yilgi shakllangan qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqish.
🔹2026-yil 2-mavsum Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va jamgʻarmadan mazkur tadbirlarga mablagʻlar ajratish masalasi.
🔹Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasidagi nazorat boʻyicha Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzidan hisoboti.
🔹Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi masala.

Sizningcha, shahrimizdagi "Tashabbusli byudjet" jarayonlari va ekologik nazoratni kuchaytirish yoʻnalishida qaysi masalalarga alohida eʼtibor qaratish lozim deb oʻylaysiz?

Fikringizni qoldiring👉@margilonmurojaat_bot
м

Slide 1 of 1