35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilib, unda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli holat o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan Fitrat mahallasida hududda amalga oshirilgan ishlar va mavjud holat ko‘zdan kechirildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari E.Mamadiyorovning hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 31-sessiyasida Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ham ishtirok etib, sessiya jarayonlarini kuzatdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining YouTube kanalida deputatlar faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar va lavhalarni kuzatib boring!
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Kengash qarori ijrosi doirasida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova hamda tuman hokimining o‘rinbosari bosh mutaxassisi A.Begaydarov tomonidan hududdagi transformatorlarning kuz-qish mavsumida barqaror va xavfsiz ishlashga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
“OBOD MAHALLA” DASTURI: BUNYODKORLIK ISHLARI SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“OBOD MAHALLA” DASTURI: BUNYODKORLIK ISHLARI SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT NAZORATIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 45-“Qo‘yliqobod” saylov okrugi deputati Sevara Fayziyeva Yashnobod tumanidagi “O‘rta Masjid” mahallasida bo‘lib, “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarini bevosita joyiga chiqib o‘rgandi.

🤝 O‘rganishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yashnobod tuman partiya tashkiloti raisi Dildora Mavlyanova, “O‘rta Masjid” mahallasi raisi Sayfullo Fayzullayev hamda hududdagi ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan “Polimer Stroy Engineering” qurilish tashkiloti vakili Jahongir Zokirov ishtirok etdi.

🔎 Jarayonda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mahalla ichki yo‘llari, issiq suv ta’minoti, bolalar uchun yaratilayotgan maydonchalar, yashil hududlar va ularni sug‘orish tizimining holatiga alohida e’tibor qaratildi.

♨️ “O‘rta Masjid” mahallasida joriy yilning may oyida boshlangan ishlar doirasida ichki ko‘chalardagi issiq suv tarmoqlari to‘liq yangilanmoqda. Shu bilan birga, bolalar maydonchalari va yangi yashil bog‘lar tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Mazkur o‘zgarishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan.

🌳 Ko‘kalamzorlashtirilayotgan hududlarning keyingi holati ham deputat e’tiboridan chetda qolmadi. Qurilish tashkiloti vakilining ma’lum qilishicha, yangi yashil hududlarda to‘liq sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida ochilishi rejalashtirilgan 3 ta yer osti qudug‘idan biri ayni paytda to‘liq yakunlanib, foydalanishga topshirilgan.

⚠️ O‘rganishda faqat bajarilayotgan ishlar emas, qurilish jarayonida aholiga yuzaga kelayotgan noqulayliklar ham muhokama qilindi. Xususan, fuqarolarning chang-to‘zon, ichki yo‘llardagi nosozliklar, qurilish shovqini va boshqa vaqtinchalik noqulayliklar yuzasidan bildirayotgan e’tirozlariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Sevara Fayziyeva qurilish ishlari davom etayotgan bo‘lsa-da, aholining kundalik hayoti va manfaatlarini hisobga olish, fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lish hamda yuzaga kelayotgan noqulayliklarni imkon qadar tezkor bartaraf etish muhimligini ta’kidladi.

🏗 Qurilish tashkiloti vakillari ishlar belgilangan talab va qoidalar asosida olib borilayotganini, loyiha rejasiga muvofiq barcha ishlarni 2027-yilning birinchi choragida to‘liq yakunlash ko‘zda tutilganini ma’lum qildi. Shuningdek, bunyodkorlik jarayonlarini mahalla aholisi bilan kelishgan holda tashkil etishga e’tibor qaratilayotgani bildirildi.

🔺 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari — mahalla ichki ko‘chalari holatini o‘rganish, issiq va sovuq suv ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish, bolalar uchun munosib maydonlar yaratish, yashil hududlarni rivojlantirish hamda muhim loyihalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish bilan hamohang bo‘ldi.

📁 Sevara Fayziyeva “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning nafaqat hajmi, balki sifati ham muhim ekanini qayd etib, ajratilgan davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, qurilish ishlarini sifatli bajarish hamda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlarning amaliy natijasini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilishini ta’kidladi.

🌱 “O‘rta Masjid” mahallasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning asosiy maqsadi — hududni obod qilish bilan birga, aholining kundalik hayoti uchun qulay, xavfsiz va yashil muhit yaratishdir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10