O‘rganish jarayonida deputat maktab direktori Sohibaxon Mahmudova bilan suhbatlashib, ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda rekonstruksiya jarayonining borishi yuzasidan ma’lumot oldi. Shuningdek bajarilayotgan ishlarning sifati, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish, maktab binosi hamda hududini yangi o‘quv jarayoniga munosib holatga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yakunda
rekonstruksiya ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli amalga oshirish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun xavfsiz va munosib sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
O‘rganishda xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.
👇Bizni kuzatishda davom eting👇