35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshchorosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov tomonidan Xosa mahallasidagi elektr ta’minoti holati navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova hamda “Madad” NNT rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Niyatov tomonidan Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Sho‘rtepa mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10- Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javshar ota mahallasi raisi bilan birgalikda mahalla oqsoqollari bilan uchrashib, samimiy muloqot qildi.
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayeva tomonidan yosh oilalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xafvsizlik masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov tomonidan tuman prokuraturasidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida korrupsiyaning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy ravishda olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan hududdagi maktablarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan G‘uzal mahallasi Buston ko‘chasida olib borilayotgan asfalt yotqizish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva tomonidan Ilg‘or mahallasida fuqarolar murojaati asosida ko‘chaning holati o‘rganildi.
Maqola

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Shu maqsadda ilgari surilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yurtimizning barcha hududlarida daraxt va butalar ekish, yangi bog‘lar hamda yashil hududlar barpo etish ishlari izchil davom etmoqda. 

Daraxtzorlarni ko‘paytirish nafaqat hududlarni obod va ko‘rkam qilish, balki ekologik muvozanatni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yashil hududlar havoni tozalash, chang va zararli moddalarni kamaytirish, yozning issiq kunlarida soya-salqinlik yaratish hamda tuproq eroziyasining oldini olishga xizmat qiladi.

"Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari, ayniqsa, mahallalar, yo‘l bo‘ylari, ta’lim va tibbiyot muassasalari hududlari, korxona va tashkilotlar atrofi hamda bo‘sh maydonlarni obodonlashtirish bilan uyg‘un holda olib borilmoqda. Bu jarayonda manzarali va mevali daraxtlarni ekish, ularni parvarishlash, sug‘orish va asrashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Eng muhimi, loyiha aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga ham katta turtki bermoqda. Zero, har bir ekilgan nihol - kelajak uchun qilingan ezgu sarmoyadir. Bugun biz ekkan daraxtlar ertaga farzandlarimiz va nabiralarimiz uchun sog‘lom muhit, musaffo havo va go‘zal tabiat bag‘ishlaydi.

Xo‘jayli tumanida ham hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, mahallalar qiyofasini yanada obodonlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada jamoatchilik, mahalla faollari, yoshlar, korxona va tashkilotlar hamda deputatlarning faol ishtiroki yaxshi samara bermoqda.

Ayniqsa, yosh avlodni tabiatga mehr va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, ularni daraxt ekish va uni parvarishlash ishlariga jalb etish kelajak uchun muhim vazifadir. Chunki ekologik madaniyat bolalikdan shakllanadi va har bir insonning kundalik hayotida namoyon bo‘ladi. 

"Yashil makon" - bu shunchaki daraxt ekish kampaniyasi emas, balki yurtimiz kelajagini yashil, obod va farovon qilishga qaratilgan keng qamrovli harakatdir. Har bir niholga e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan yondashsak, mahallalarimiz yanada ko‘rkam, havomiz musaffo, tabiatimiz esa yanada boy va go‘zal bo‘ladi.

Yashillikni ko‘paytirish - tabiatni asrash, tabiatni asrash esa kelajakni asrashdir!

Z.Klochkov
Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi deputati