35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov hamda tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi ishtirokida 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi mavjud sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Aslida, mustaqillikning dastlabki yutug‘i milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi bo‘ldi. Til, din, tarixiy xotira va milliy qadriyatlarning qaytarilishi insonlarda o‘z kuchiga, o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchni uyg‘otdi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Sh.Burxonovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘rganish davomida qarorda belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi, hududda amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan Dehqonobod mahallasida fuqarolar murojaati asosida ichki yo‘llarning holati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev tegishli soha mas’ullari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son qarori ijrosi doirasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi uchun tanlab olingan Choshtepa mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan hududda amalga oshirilayotgan dastur ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman Tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Uktamovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yilida o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov tomonidan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ–581-son, 2019-yil 7-noyabrda qabul qilingan Qonunning mazmun-mohiyati o‘rganildi.
Xalq ishonchi — yuksak mas’uliyat

Xalq ishonchi — yuksak mas’uliyat

⚡️Deputatlik — bu, avvalo, xalq ishonchini oqlash, saylovchilar manfaatini himoya qilish va ularni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish mas’uliyatidir.

➡️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nilufar Ja’farova o‘z deputatlik faoliyatida ana shu mas’uliyatni chuqur his etgan holda, saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish va ularning ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratmoqda.

📌 Joriy yilning o‘zida deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida hokimliklar va mas’ul tashkilotlarga 10 dan ortiq deputatlik so‘rovi yuborilib, ularda ko‘tarilgan qator masalalarning ijobiy hal etilishiga erishildi.

✅ Kamongaron mahallasidagi murojaat
Jumladan, Urgut tumani Kamongaron mahallasida yashovchi M.Maqsadovning murojaati asosida ko‘p qavatli uyning umumiy foydalanishdagi yerto‘la qismidan tadbirkor tomonidan foydalanilayotgani va bu holat aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani masalasi ko‘tarildi.

✅Deputatlik so‘rovi asosida mas’ullar tomonidan holat o‘rganilib, ko‘p qavatli uyning yerto‘lasi tadbirkordan olib qo‘yilib, shu uyda yashovchilarning umumiy foydalanishi uchun qaytarib berildi.
Bu oddiy bir muammoning yechimi emas, balki aholining huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi amaliy natija bo‘ldi.

✅ 1,5 kilometr yo‘l ta’mirlandi
Deputatning murojaatlar asosida olib borayotgan ishlaridan yana biri — Urgut tumani markaziy shifoxonasiga olib kiruvchi asosiy yo‘lning ta’mirlanishi.

⚡️Joriy yilning fevral oyida Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga yuborilgan deputatlik so‘rovida Navbog‘ mahallasi hududidan o‘tuvchi, uzunligi 1,5 kilometr bo‘lgan yo‘lning ta’mirtalab holatga kelib qolgani qayd etilib, uni ta’mirlash so‘ralgan.
Deputatlik so‘rovidan so‘ng mas’ullar tomonidan joyiga chiqib, holat o‘rganildi va mazkur yo‘l ta’mirlanib, foydalanishga yaroqli holatga keltirildi.

⚡️Sayyor qabullar — muammolarga yaqinroq yechim
Nilufar Ja’farova saylov okrugidagi mahallalarda o‘tkazayotgan sayyor qabullar va fuqarolar bilan uchrashuvlar orqali ham aholi muammolarini bevosita joyida o‘rganib kelmoqda.

👍Xususan, Navbog‘ mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda hududdagi tadbirkorlardan biri o‘z binosi oldidagi simyog‘ochni boshqa joyga ko‘chirish masalasida muammoga duch kelayotgani, tegishli tashkilotlarga murojaat qilganiga qaramay, masala o‘z yechimini topmayotganini bildirgan.

⚡️Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda masala ijobiy hal etildi.

🔊 “Xalq ishonchi — yuksak mas’uliyat. Buni har kuni, har lahzada his qilib, ishlashga harakat qilaman. Chunki vakillik organiga saylangan besh yillik vaqt ko‘z ochib-yumguncha o‘tib ketadi. Qachonki bu davrda saylovchilar bilan yaqin bo‘lib, ularning chinakam vakiliga aylana olsangizgina, ular bildirgan ishonchni oqlagan bo‘lasiz”, — deydi deputat Nilufar Ja’farova.

📍 Murojaat tinglanadi — muammo o‘rganiladi — masala nazoratga olinadi — natijaga erishiladi.

🇺🇿Deputatlik faoliyatining asl mazmuni ham shunda — xalq bilan birga bo‘lish, uning dardini eshitish va ishonchini amaliy ishlar bilan oqlash.

Slide 1 of 3