Bugun Andijon shahridagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining ilk darslari — “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi.
Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati E. Karimov 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari bilan “Mustaqillik darsi”ni o‘tkazdi.
Dars davomida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi, Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansning mazmun-mohiyati, uning maqsad va vazifalari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning kelajakdagi orzu-niyatlari, maqsad va rejalari tinglanib, ularga ta’lim olish, kasb tanlash va o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yish borasida qimmatli tavsiyalar berildi.
Dars yakunida maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi.
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning bunyodkor kuchidir!