35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan hududda amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 26-avgustdagi VII-30-91-7-100-K/26-son qarori bilan Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 722 mln 748 ming so‘m mablag‘ni yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 26-avgustdagi VII-30-91-7-100-K/26-son qarori bilan tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 184 mln 978 ming so‘m mablag‘ “Ernazar” kanalini tegishli holatga keltirish va undan samarali foydalanishni ta’minlashga yo‘naltirildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan“Samarqand suv ta’minot” MChJ tuman filiali boshlig‘i. J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan xotin-qizlar bilan yaqindan suhbat o‘tkazilib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi.
янв.21
Payariq tumani o‘zining boy tarixiy merosi, muqaddas qadamjolari, qadimiy yodgorliklari, milliy an’analari va tabiiy maskanlari bilan sayyohlar uchun katta qiziqish uyg‘otadigan hududlardan biridir.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshchorosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov tomonidan Xosa mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuman budjetining qo‘shimcha manbalaridan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Yangiobod mahallasidagi oilaviy poliklinikada deputatlik o‘rganishi olib borildi.
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi

 Bugun, 2-sentabr kuni yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Buxoro viloyatidagi 592 ta umumtaʼlim maktabida ham
yangi oʻquv yilining ilk kuniga bagʻishlangan tadbirlar koʻtarinki ruhda tashkil etildi.
 

 Ayniqsa, birinchi bor maktab ostonasiga qadam qoʻyayotgan bolajonlar uchun bu kun oʻzgacha hayajon va quvonchlarga boy boʻldi. Taʼlim maskanlarida “Bilimlar kuni” tadbirlari bilan bir qatorda, oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda
vatanparvarlik, milliy gʻurur va yurt kelajagiga daxldorlik tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan “Mustaqillik dars”lari ham oʻtkazildi.
  

 Buxoro viloyati hokimi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-sonli umumtaʼlim maktabida yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan ana shunday tadbirda ishtirok etdi. 

Viloyat rahbari taʼlim maskani jamoasi — oʻqituvchi va oʻquvchilar, shuningdek, ota-onalarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qutlugʻ 35 yilligi hamda yangi oʻquv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi. 

Tadbirda mamlakatimizda soʻnggi yillarda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va bu borada Buxoro viloyatida erishilayotgan natijalar xususida soʻz yuritildi. 

Taʼkidlanganidek, oʻtgan yillar davomida taʼlim sohasida amalga oshirilgan tizimli islohotlar natijasida farzandlarimizning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi, oʻz iqtidor va isteʼdodini erkin namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. 

Bu oʻzgarishlarni Buxoro viloyati misolida ham aniq raqamlarda koʻrish mumkin. 

Jumladan, soʻnggi yillarda viloyatda maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 22 foizdan 91 foizga yetkazildi. Umumiy oʻrta
taʼlim maktablari soni 18 taga, iqtidorli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar soni esa 16 taga koʻpaydi. Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning infratuzilmasini yaxshilash maqsadida joriy yilda viloyatda 236 ta maktabga 1 402 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda. Keng koʻlamli qurilish taʼmirlash
ishlari natijasida taʼlim muassasalarida 32 352 ta bolalar va oʻquvchi oʻrinlari yaratildi.
 

Taʼlim sifatida oʻqituvchilarning kasbiy salohiyati muhim oʻrin tutadi. Shu nuqtayi nazardan, maktablarda oliy va birinchi toifali
oʻqituvchilar ulushi 9 foizdan 46 foizga yetgani eʼtiborga molik.
 

Eng muhimi, bu oʻzgarishlar bitiruvchilarning taʼlimdagi natijalarida ham oʻz aksini topmoqda. Oliy taʼlim muassasalariga
kirish koʻrsatkichi 16 foizdan 68 foizga, oʻrtacha kirish balli esa 110,8 ballga oshgan.
 

Buxoro yoshlarining xalqaro miqyosdagi yutuqlari ham viloyat taʼlim tizimidagi ijobiy oʻzgarishlarning muhim koʻrsatkichidir.
Xususan, xalqaro fan olimpiadalarida qoʻlga kiritilgan medallar soni 6 tadan 31 taga yetdi. 2025–2026 oʻquv yili yakuni umumiy oʻrta taʼlim maktablarini aʼlo baholar bilan tamomlagan 549 nafar iqtidorli bitiruvchimiz yuksak natijalarni qoʻlga kiritib, 422 ta oltin va 127 ta kumush medalga sazovor boʻldi.
 

— Bu raqamlar, avvalo, yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, taʼlim sohasiga yoʻnaltirilayotgan resurslar va, albatta, fidoyi
ustozlarimizning mashaqqatli mehnati samarasidir, — dedi Botir Zaripov.
 

Tadbirda viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bilimlar kuni” munosabati bilan mamlakatimiz maktab
oʻquvchilariga yoʻllagan samimiy tabrigini oʻqib eshittirdi. Unda yosh avlodga sifatli taʼlim va munosib tarbiya berish, ularning bilim olishi va oʻz iqtidorini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish yurt taraqqiyotining eng muhim ustuvor vazifalaridan biri ekani taʼkidlangan.
 

Marosimda xalqaro olimpiadalar va turli tanlovlarda g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarga qimmatbaho sovg’alar va
faxriy yorliqlar topshirildi.
 

Shundan soʻng barcha intiqib kutgan “Birinchi qoʻngʻiroq” sadolari yangradi. Qoʻngʻiroqning jarangdor ovozi yangi oʻquv yili
boshlanganidan darak berib, ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qoʻyayotgan birinchi sinf oʻquvchilari uchun unutilmas taassurotlarga boy lahzalarni boshlab berdi.
 

Tadbir davomida Botir Zaripov maktabdagi sinfxonalarni koʻzdan kechirib, oʻquvchilar uchun yaratilgan taʼlim sharoitlari bilan
tanishdi. Taʼlim jarayonining tashkil etilishi, sinf xonalarining jihozlanishi va oʻquvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarga eʼtibor qaratdi.
 

Viloyat hokimi, shuningdek, “Mustaqillik darsi”da ishtirok etib, oʻquvchilar va pedagoglar bilan samimiy muloqot qildi. Suhbat
jarayonida bolalarning kelajakdagi orzu va maqsadlari, qiziqishlari bilan qiziqdi, ularni puxta bilim olishga, zamonaviy kasblarni egallashga va Vatanga munosib farzand boʻlib kamol topishga chaqirdi.
 

Tantanali tadbirda yangi oʻquv yilini birinchi bor maktabda qarshi olayotgan birinchi sinf oʻquvchilariga ham alohida eʼtibor
qaratildi. Viloyat hokimi ilm maskaniga ilk qadam qoʻyayotgan bolajonlarga “Prezident sovgʻalari”ni tantanali ravishda topshirdi.
 

12 turdagi oʻquv qurollaridan iborat ushbu sovgʻalar bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshib, ular uchun yangi oʻquv yilining ilk kunini yanada esda qolarli qildi. Qoʻlida yangi portfel va oʻquv qurollari, qalbida esa katta orzular bilan maktab hayotini boshlayotgan oʻquvchilarning shodligi tadbirga oʻziga xos fayz va koʻtarinkilik bagʻishladi. 

Maʼlumot uchun, 2026–2027-oʻquv yilida Buxoro viloyati maktablarining 1-sinflariga 38 ming nafardan ortiq oʻquvchi qabul qilindi. 

Ularning har biri uchun maktab ostonasi — katta hayot sari qoʻyilgan birinchi qadam. Bu qadamning ishonchli, bilim va ezgu maqsadlar bilan boshlanishi esa kelajak avlodning kamoloti uchun muhim ahamiyatga ega. Bugungi “Bilimlar kuni” tadbirlari, “Mustaqillik dars”lari va bolajonlarga topshirilgan “Prezident sovgʻalari” yangi oʻquv yilini koʻtarinki kayfiyatda boshlash bilan birga, yurtimizda yosh avlod taʼlimi va tarbiyasiga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yana bir amaliy ifodasi boʻldi 

Slide 1 of 19