35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Payariq tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra openbudget.uz portalida g‘olib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash hamda moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi.
янв.21
O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda oilada tenglik va adolat tamoyillarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli qonunchilik islohotlari amalga oshirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari bilan yaqindan suhbatlashildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi F.Shakarov tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tuman bo‘limi boshlig‘ining hisoboti yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli qaroriga asosan, “Turon” yakka kurashi bo‘yicha yuqori natijalarga erishib, tuman, viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib kelayotgan sportchi o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish va taqdirlash maqsadida 41 600 000 so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Toxirshayx mahallasida hududni rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 26-avgustdagi “Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi VII-30-90-7-100-K/26-sonli qarori tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasida fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazilib, unga davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi hamda bu boradagi huquq va majburiyatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.
BILIMLAR SARI ILK QADAM

Yunusobod tumanidagi 274-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026–2027 o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘zgacha shukuh bilan o‘tkazildi.

🌟Ayniqsa, maktab hayotiga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji o‘quvchilarning quvonchi, ustozlarning ezgu tilaklari va ota-onalarning hayajoni tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

🇺🇿Tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Usmanov Nig‘matilla ishtirok etib, o‘quvchilar va pedagoglar bilan samimiy muloqot qildi. Deputat yoshlarni bilimga intilish, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yish va Vatanga munosib farzand bo‘lib ulg‘ayishga chorladi.

📖Maktab — nafaqat bilim maskani, balki kelajak bunyodkorlari kamol topadigan muhim dargohdir. Bugungi o‘quvchilarning har bir yutug‘i ertangi kunimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

🇺🇿Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilarimizga yangi imkoniyatlar, unutilmas taassurotlar va yorqin natijalar olib kelsin!

Slide 1 of 2