35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Payariq tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra openbudget.uz portalida g‘olib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash hamda moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi.
янв.21
O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda oilada tenglik va adolat tamoyillarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli qonunchilik islohotlari amalga oshirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi F.Shakarov tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tuman bo‘limi boshlig‘ining hisoboti yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari bilan yaqindan suhbatlashildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli qaroriga asosan, “Turon” yakka kurashi bo‘yicha yuqori natijalarga erishib, tuman, viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib kelayotgan sportchi o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish va taqdirlash maqsadida 41 600 000 so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 26-avgustdagi “Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi VII-30-90-7-100-K/26-sonli qarori tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Toxirshayx mahallasida hududni rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasida fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazilib, unga davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi hamda bu boradagi huquq va majburiyatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-29-avgust kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi


⏺Hafta davomida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati va deputatlarimiz tomonidan rasmiy telegram sahifa orqali 60 dan ortiq tadbir va uchrashuvlar keng yoritib borildi.

💬Har bir chiqishda hududlardagi dolzarb masalalar va ularning yechimiga alohida e’tibor qaratildi. Amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar sarhisobi bilan quyidagi telegram kanalimizdagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

🟢Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi;
🟢Termiz shahar kengashida haftalik sarhisob: Deputatlar faoliyati tahlil qilindi va korrupsiyaga qarshi kurashish vazifalari belgilandi;
🟢Adliya bo‘limining yarim yillik faoliyati deputatlar ishtirokida muhokama qilindi;
🟢Mahalladagi ishlar va aholi murojaatlari — deputatlar nazoratida;
🟢Ichki yo‘llar holati deputat nazoratida;
🟢Ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi;
🟢“Abdurahmon Jomiy” mahallasida nazorat-tahlil ishlari o‘tkazildi;
🟢Kengash raisi o‘z saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi;
🟢Bank xizmatlari sifati va imtiyozli kreditlar ijrosi deputatlar nazoratida: "Mikrokreditbank"da o‘rganish tadbiri olib borildi;
🟢Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi;
🟢“Kokildorota” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish;
🟢Mahallada tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi;
🟢Yashil hududlar deputatlar va ekopolitsiya nazoratida: "Alpomish" mahallasida o‘rganish o‘tkazildi;
🟢“Saxovat” mahallasidagi Uchqun ko‘chasida nazorat-tahlil tadbirlari olib borildi;
🟢Mahalladagi ishlar va aholi murojaatlari deputatlar nazoratida;
🟢“O‘zbekiston” mahallasi hududida nazorat-tahlil tadbirlari olib borildi;
🟢Mahalladagi muammolar va aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida;
🟢Mustaqillikning 35 yilligi: Termiz shahrida bog‘chalar rivoji, qamrov va ta’lim sifati debat markazida;
🟢Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan esdalik nishonlari topshirildi;
🟢Tibbiyot muassasalari deputatlar nazoratida.