35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII-20-5-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan "Zarbdor tajribasi" asosida 2026-yilda amalga oshirilishi belgilangan drayver loyihalari bajarilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan “Tashabbusli budjet” doirasida g‘olib deb topilgan loyihalarning ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov hamda Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 19-Ravot saylov okrugi vakant bo‘lganligini inobatga olib, Fitrat mahallasidagi holat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi A.Begaydarov tomonidan 6-Farovon saylov okrugida kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o'rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalach saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan hududdagi poliklinikada fuqarolarga dori vositalarining yetkazib berilishi va ta’minoti yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan 19-Ravot saylov okrugi bugungi kunda vakant bo‘lganligini inobatga olib Fitrat mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov hamda Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida amalga oshirilayotgan “Drayver” loyihasi bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Uktamovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Suhbat davomida g‘olib loyihalar bo‘yicha belgilangan vazifalarning bajarilish holati, ishlarning borishi, mavjud masalalar hamda ularni o‘z vaqtida hal etish choralari yuzasidan fikr almashildi.
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми

Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми

Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан «Саржал» ОФЙда байрам тадбири бўлиб ўтди.

Тадбир доирасида Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати, «Канимех-Саржал-Қосай» МЧЖ раҳбари Батирхан Кушкарбеков томонидан ўз сайлов округидаги 6 нафар кам таъминланган оила фарзандларининг суннат тўйлари ўтказиб берилди. Болажонларга байрамона совғалар улашилди.

Мазкур хайрли тадбирда туман ҳокими, Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Руслан Рўзиев ҳам иштирок этиб, болажонларни ва овул аҳлини Мустақиллик байрами билан самимий табриклади, эзгу тилаклар билдирди.

Тантанали тадбир кўтаринки кайфиятда ўтиб, унда юртимизда тинчлик ва осойишталик, аҳоли фаровонлиги ҳамда инсон қадрини улуғлаш борасида амалга оширилаётган эзгу ишлар алоҳида таъкидланди.

🤝 Меҳр-оқибат, саховат ва инсонпарварлик — халқимизга хос юксак фазилатлардир.

🇺🇿 Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги муборак бўлсин!

Slide 1 of 2