35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 2-4-SENTABR KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-24-37-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Korrupsiyani oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish yuzasidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
янв.21
Deputatlar o'z vakolatlarini bajarishda shaxsiy manfaatdorlikka yo'l qo'ymasligi va Kengash majlislarida ko'rilayotgan masalada shaxsiy yoxud o'ziga aloqador shaxslarning manfaati bo'lsa, bu haqda raislik qiluvchini oldindan ogohlantirishi shart
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tuman hokimligi mas’ul xodimlari bilan birgalikda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov tomonidan Juvozxona mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan hududda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda murojaatlarning ko‘rib chiqilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Ilg‘or mahalla binosida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan hududdagi elektr ta’minoti holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
Yangi bog‘ mahallasida hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 21-B.Marg‘iloniy saylov okrugi deputati R.Alijonova hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan Yangi bog‘ mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, xususan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalar daromadini oshirish va fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yangi bog‘ mahallasida 6 250 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 814 ta xonadon, 1 472 ta oila mavjud bo‘lib, iqtisodiy faol aholi soni 2 176 nafarni tashkil etadi. Ishsizlar soni 54 nafar yoki 3,8 foizni tashkil qilmoqda.

Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, ijtimoiy reyestrga kiritilgan 105 ta oilaning 39 tasi davlat ta’minotida, 57 tasi kambag‘al, 9 tasi esa kambag‘allik chegarasidagi oilalar sifatida qayd etilgan.

Aholining daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida 4 ta oilaviy tadbirkorlik krediti ajratilgan bo‘lib, ularning 2 tasi kambag‘al oilalarga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 3 ta subsidiya va ssuda, 11 ta kasb-hunarga o‘qitish vaucheri, 7 ta mikroloyiha amalga oshirilgan. Mikrol loyihalarning 3 tasi yuridik, 4 tasi jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bandlikni ta’minlash yo‘nalishida 16 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan, 11 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan. Jumladan, doimiy ishga joylashtirilganlarning 3 nafari kambag‘al oilalar vakillaridir. O‘zini o‘zi band qilgan 16 nafar fuqaroning 8 nafari ham kambag‘al oilalar toifasiga mansub.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining faoliyatida tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, aholini kasb-hunarga yo‘naltirish, ishsiz fuqarolarni band qilish hamda kambag‘al oilalarning daromad manbalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–328-son Qonuni ijrosi ham o‘rganildi. Mazkur qonun tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun huquqiy kafolatlarni ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Deputatlik nazorati davomida hokim yordamchisiga aholining, ayniqsa kambag‘al oilalarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ajratilgan kredit, subsidiya va vaucherlarning maqsadli va samarali yo‘naltirilishini ta’minlash, yaratilgan imkoniyatlarning amaliy natijasini nazorat qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar davlat dasturlari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning mahalla darajasida qay darajada amaliyotga tatbiq etilayotganini aniqlash, mavjud muammolarni joyida ko‘rib chiqish hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5