35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov hamda tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi ishtirokida 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi mavjud sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Aslida, mustaqillikning dastlabki yutug‘i milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi bo‘ldi. Til, din, tarixiy xotira va milliy qadriyatlarning qaytarilishi insonlarda o‘z kuchiga, o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchni uyg‘otdi.
янв.21
O‘rganish davomida qarorda belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi, hududda amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Sh.Burxonovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan Dehqonobod mahallasida fuqarolar murojaati asosida ichki yo‘llarning holati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev tegishli soha mas’ullari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son qarori ijrosi doirasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi uchun tanlab olingan Choshtepa mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan hududda amalga oshirilayotgan dastur ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman Tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Uktamovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yilida o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov tomonidan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ–581-son, 2019-yil 7-noyabrda qabul qilingan Qonunning mazmun-mohiyati o‘rganildi.
#o'rganish

#o'rganish
#Farmon_ijrosi

Ijtimoiy xizmatlar sifati va aholi farovonligi – e'tiborda!

Shaharimizdagi To'y-tepa mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi hamda ijtimoiy xodimlarning faoliyati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda, maxsus tuzilgan savolnomalar asosida shaffof va tizimli tarzda o‘tkazildi.

Unda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Alisher Turdiyevga biriktirilgan shahar kotibiyat mutaxassisi I.Omonboev, shahar Kengashi deputati K.Xakimov, kotibiyati mudiri K.Umarboev va shahar XDP partiyasi Kengashi raisi tomonidan tashkil etildi va muvofiqlashtirildi.
O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
🔹Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, keksalar va imkoniyati cheklangan fuqarolar bilan ishlash tizimini tahlil qilish;
🔹PF-209-sonli farmonda belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosini ko‘rib chiqish;
🔹Ijtimoiy xodimlar faoliyatidagi yutuqlar bilan birga mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralarni belgilash.

Jarayonda aniqlangan kamchiliklar deputatning ko'chama-ko'cha aylanish jurnaliga kiritilib ijro nazoratiga olindi.

Xalq manfaati va ijtimoiy adolatni ta'minlash yo'lidagi amaliy ishlar davom etadi!

Slide 1 of 3