35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov hamda tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi ishtirokida 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi mavjud sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Aslida, mustaqillikning dastlabki yutug‘i milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi bo‘ldi. Til, din, tarixiy xotira va milliy qadriyatlarning qaytarilishi insonlarda o‘z kuchiga, o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchni uyg‘otdi.
янв.21
O‘rganish davomida qarorda belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi, hududda amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Sh.Burxonovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan Dehqonobod mahallasida fuqarolar murojaati asosida ichki yo‘llarning holati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev tegishli soha mas’ullari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son qarori ijrosi doirasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi uchun tanlab olingan Choshtepa mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan hududda amalga oshirilayotgan dastur ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman Tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Uktamovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yilida o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov tomonidan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ–581-son, 2019-yil 7-noyabrda qabul qilingan Qonunning mazmun-mohiyati o‘rganildi.
#24_ta_tavsiya

#24_ta_tavsiya
#nazorat_tahlil
Nurafshon shahridagi "Nurafshon" mahallasida aholi farovonligi, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar yangi bosqichga ko'tarilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash va mahalla institutining rolini oshirish maqsadida, hudud deputati Dilobar Safarova va kotibiyat mudiri K.Umarboevlar tomonidan "Nurafshon" mahallasi hokim yordamchisining faoliyati har tomonlama o'rganildi.
O'rganish davomida quyidagi asosiy yo'nalishlar maxsus savolnoma asosida birma-bir va chuqur tahlil qilindi:
Tadbirkorlikni rivojlantirish: Mahalladagi kichik va o'rta biznes sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash hamda yangi tadbirkorlik sub'ektlarini tashkil etish imkoniyatlari;
Aholi bandligi: Ishsiz aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta'minlash, ularni daromadli mehnatga jalb qilish choralarining natijadorligi;
Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash: Mahalladagi ehtiyojmand oilalarga ko'rsatilayotgan ko'mak va ularning daromad manbalarini shakllantirish jarayoni.

Mahallada el manfaati va aholi farovonligi yo'lida olib borilayotgan bu kabi nazorat va tahlil tadbirlari izchil davom ettiriladi

Slide 1 of 3