35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining YouTube kanalida deputatlar faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar va lavhalarni kuzatib boring!
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Kengash qarori ijrosi doirasida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova hamda tuman hokimining o‘rinbosari bosh mutaxassisi A.Begaydarov tomonidan hududdagi transformatorlarning kuz-qish mavsumida barqaror va xavfsiz ishlashga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov hamda Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov deputatlik o‘rni vakant bo‘lgan 19-Ravot saylov okrugidagi ichki yo‘llarning holatini o‘rgandi.
янв.21
Kasimova Saodat Shirinbayevnaning deputatlik so‘roviga tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Uktamovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda tuman Yoshlar maslahat guruhi a’zosi N.Xolmaxammatova tomonidan xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev Chelak shifoxonasining qabul bo‘limida bo‘lib, bemorlarni qabul qilish va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni bilan tanishdi.
Muqimiy shaharchasidagi obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati hamda Qo‘qon shahar hokimi M.Umonov, Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov va tegishli mas’ullar ishtirokida Muqimiy shaharchasi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi.

Muhokama davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, mavjud muammolar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, shaharcha hududining sanitariya holatini yaxshilash, ichki hududlarni tartibga keltirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay va munosib yashash muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullar ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi holati muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokama yakunida Muqimiy shaharchasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirish, hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6