35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov va Madad NNT rahbari tomonidan “Birlashuv” MFY hududidagi 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish, jumladan, qo‘shimcha 96 o‘rinli o‘quv binosi qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi L.Djamalova hamda komissiya a’zolari ishtirokida komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
2026-yil 21-avgust kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Payariq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimligi xodimi ishtirokida hududdagi piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida dastur asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan yo‘llagan murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil 21-avgustdagi DKQ 03-01/80-26-son qaror qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan hududdagi ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash masalasi yuzasidan mas’ullar bilan yaqindan suhbatlashildi.
янв.21
Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovdan javob olindi.
Tadbirkorlik – iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam tamal toshi
#munosabat #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Tadbirkorlik – iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam tamal toshi

📝 Bugungi kunda yangi O‘zbekistonning iqtisodiy siyosati sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan navbatdagi tarixiy muloqoti oddiy suhbat doirasidan chiqib, mamlakatning yaqin istiqboldagi texnologik va eksport qiyofasini belgilab beruvchi strategik dasturga aylandi.
Muloqotning aynan Xorazm zaminida o‘tkazilishi zamirida ham chuqur ramziy ma’no va katta iqtisodiy hisob-kitoblar yotibdi. So‘nggi yillarda vohada tadbirkorlikka berilgan keng imkoniyatlar tufayli hudud tubdan chiroy ochdi.

📁 Xorazm zaminida tashkil etilgan bu yilgi yuqori darajadagi uchrashuv o‘z miqyosi va iqtisodiy ahamiyati bilan avvalgilaridan tubdan ajralib turdi. Ilk bor studiyalar orqali chekka hududlardagi 25 mingga yaqin tadbirkorlarning ishtiroki ta’minlandi.

📉 Davlatimiz rahbari o‘z nutqida so‘nggi besh yil davomida sohani rivojlantirish yo‘lida misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirilganini alohida ta’kidladi. Ushbu davrda biznesga to‘siq bo‘lgan minglab muammolarni bartaraf etish maqsadida 84 ta qonun hamda 861 ta farmon va qarorlar qabul qilindi.

📋 Amaliy sa’y-harakatlar natijasida o‘zbek biznesi yangi davrga – «biznesni boshlash» bosqichidan «kapitalni ko‘paytirish va yirik loyihalarni amalga oshirish» bosqichiga dadil qadam qo‘ydi.

📝 Erishilgan raqamlar islohotlarning yaqqol isbotidir. Korxonalarning asosiy kapitalga kiritgan investitsiyalari 3 barobarga ortib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga ko‘paydi. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi.
Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi.

🗣 Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda. Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi. So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilindi. Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi.

📉 Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “Moody’s” agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi. Davlatimiz rahbari bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini ta’kidladi.

📋 Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart, oziq-ovqat xavfsizligi va urbanizatsiya sohalarida institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Milliy sanoat zanjiri” orqali xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi.

✍️ Otabek Jiyanboyev - Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1