35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov va Madad NNT rahbari tomonidan “Birlashuv” MFY hududidagi 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish, jumladan, qo‘shimcha 96 o‘rinli o‘quv binosi qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi L.Djamalova hamda komissiya a’zolari ishtirokida komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
2026-yil 21-avgust kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Payariq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimligi xodimi ishtirokida hududdagi piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida dastur asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan yo‘llagan murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil 21-avgustdagi DKQ 03-01/80-26-son qaror qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan hududdagi ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash masalasi yuzasidan mas’ullar bilan yaqindan suhbatlashildi.
янв.21
Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovdan javob olindi.
MAKTABDAGI AYRIM KAMCHILIKLAR DEPUTAT NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ish rejasiga muvofiq hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu doirada 15-Zuhro saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A. Ermatov hamda deputat M. Mirzayev tomonidan Zuhro mahallasidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida direktor M.Shokirova hamrohligida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yilini munosib kutib olishga qay darajada tayyor ekani, sinfxonalarning jihozlanishi, sanitariya holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim muassasasining umumiy infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi.

Jarayon davomida maktabdagi mavjud sharoitlarning O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiqligi masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Yangi o‘quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qolayotgan bir paytda maktabda ayrim ishlarning hanuz yakuniga yetkazilmagani tanqidiy baholandi.

Xususan, maktabning kirish qismi va sport zalidagi bo‘yoq ishlari oxiriga yetkazilmagan. Ta’lim muassasasining tashqi va ichki qiyofasi, avvalo, o‘quvchilar uchun munosib muhit yaratish nuqtayi nazaridan muhim bo‘lsa-da, bunday ishlarning o‘quv yili arafasida ham yakunlanmagani mas’ullardan ishlarni jadallashtirishni talab etadi.

Bundan tashqari, maktab hovlisiga kirish qismidagi ariq usti yopilmagan. Bu holat o‘quvchilar va maktabga keluvchi fuqarolar uchun noqulaylik tug‘dirishi bilan birga, xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan masaladir.

Yana bir muammo maktab darvozasi oldidagi yashil maydonni sug‘orish uchun mo‘ljallangan suv maktabning kirish qismi tomon yig‘ilib qolmoqda. Bu esa hududning sanitariya va obodonlashtirish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur vaziyatni bartaraf etish uchun maktabning kirish qismini asfaltlashtirish zarurligi qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklar deputatning “ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi. Mavjud muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Bu o‘rganish jarayoni yana bir muhim jihatni ko‘rsatdi: yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik faqat sinfxonalarni jihozlash yoki maktab binosini bo‘yashdan iborat emas. O‘quvchi har kuni foydalanadigan kirish yo‘laklari, hovli, sport zali, sanitariya va xavfsizlik sharoitlari ham birdek e’tiborda bo‘lishi kerak.

Zero, ta’lim muassasasidagi har bir aniqlangan kamchilik o‘quvchi xavfsizligi, qulayligi va ta’lim olish sifatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu bois 5-sonli maktabdagi aniqlangan muammolarni yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar imkon qadar to‘liq bartaraf etish, mas’ul tashkilotlarning amaliy choralarini ta’minlash va berilgan deputat so‘rovining natijasini nazorat qilish masalalari deputatlik nazoratida qoladi.

Slide 1 of 8