35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova hududdagi yoshlar yetakchisi bilan suhbatlashib, mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi 2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov va Madad NNT rahbari tomonidan “Birlashuv” MFY hududidagi 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish, jumladan, qo‘shimcha 96 o‘rinli o‘quv binosi qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
2026-yil 21-avgust kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Payariq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
янв.21
Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi L.Djamalova hamda komissiya a’zolari ishtirokida komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimligi xodimi ishtirokida hududdagi piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida dastur asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil 21-avgustdagi DKQ 03-01/80-26-son qaror qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan yo‘llagan murojaati o‘rganildi.
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova hamda tuman YHXB (Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi) xodimlari ishtirokida hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida fuqarolarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish, piyodalar va haydovchilarning mas’uliyatini oshirish, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda harakatlanish madaniyatini yuksaltirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda xavfsiz transport muhitini yaratishda jamoatchilik hamkorligining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3