35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N. Nurmatova tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi boshlig‘i M. Burxonovga ijtimoiy soha obyektlaridagi ayrim hojatxonalarning sanitariya talablariga javob bermayotganligi yuzasidan savol berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputat J.Axunov: — Boshcho‘rosh mahallasidagi ichimlik suvi inshootidan aholiga yetkazib berilayotgan suvning yaroqliligi yuzasidan aholi e’tirozlari mavjud. Ushbu suvning sanitariya talablariga muvofiqligi tekshirilganmi? deya savol berildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 30-sessiyasida Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ham ishtirok etib, sessiya jarayonlarini kuzatdilar.
янв.21
Tumanga 2026-yil I yarim yilligi uchun belgilangan 41,6 mlrd so‘mlik byudjet daromadlari prognozi 49,8 mlrd so‘mga yoki 120 foizga bajarildi. Mahalliy byudjet daromadlari bo‘yicha belgilangan 83,8 mlrd so‘mlik prognoz 97,7 mlrd so‘mga yoki 117 foizga bajarilishi ta’minlangan
янв.21
Payariq tumani hokimining 2026-yil 20-avgustdagi “Eshonquov Shohrux Sobir o‘g‘lini 2026-yilning 20-avgust kunidan Payariq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi 1346-7-100-Q/26-sonli qarori tasdiqlandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ttizinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 18-O'rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputat Djamalova Lola Djalilovna nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan mahalla hududidagi gaz quvurining ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq masala o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan ta’mirdan chiqarilgan gaz quvurini avvalgi joyiga qayta o‘rnatish yuzasidan murojaat qilingan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M.Musurmanov hamda tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi ishtirokida Guliston mahallasidagi ichki ko‘chalarda olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 3-7-avgust kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 3-7-avgust kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi

3- avgust (dushanba):Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari faoliyatini tahlil qilish.
KQ-35-V-sonli qarori asosida deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorlik faoliyatiga ko‘maklashish hamda natijalarini ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.
Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish.Deputatlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish.
Deputatlik so‘rovlari tayyorlash va kiritish.Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish.

4- avgust (seshanba):O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish.
Sessiya kun tartibidagi masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish.

5- avgust (chorshanba): Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining navbatdagi yi‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

6- avgust (payshanba):O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” ijrosini manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish.
Sessiya kun tartibidagi masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish.
Deputatlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish.Deputatlik so‘rovlari tayyorlash va kiritish.

7- avgust (juma):Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni umumlashtirish.Ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan materiallarni tahlil qilish.
Keyingi haftaga mo‘ljallangan ish rejasini shakllantirish hamda tegishli topshiriqlarni belgilash.

Mas’ullar: A. Avliyakulov, K. Abdullayeva, T. Murodov.