📝 Mahalla tizimida qariyb o‘ttiz yildan beri faoliyat yuritaman. Shu yillar davomida bir haqiqatni angladim: xalq davlatni, avvalo, mahallada his qiladi. Mahallada adolat, e’tibor va g‘amxo‘rlik bo‘lsa, odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchi ham mustahkam bo‘ladi.
📉 Mahallalarda obodlik va ozodalikni rag‘batlantirish, "Eng orasta xonadon", "Eng fayzli hovli", "Eng obod ko‘cha" va "Eng namunali mahalla" kabi tashabbuslarning joriy etilgani ham aholining yurt taqdiriga daxldorlik hissini yanada kuchaytirmoqda. To‘y va oilaviy marosimlarni ixcham, fayzli va ortiqcha isrofsiz o‘tkazishga qaratilgan tashabbuslar ham xalqimiz manfaatiga xizmat qilmoqda. Zero, to‘yning ko‘rki isrofda emas – duoda, oilaning baxti dabdabada emas – mehr-oqibatdadir.