📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari X. Xamdamova va G. Anorboyevalar yangi o'quv yili oldidan Jizzax shahridagi 19-sonli umumta'lim maktabida bo'lib, ta'lim muassasasining yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holatini o'rgandilar.
🔹Tashrif davomida maktab binosi va sinfxonalarning holati, o‘quv jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi, sanitariya-gigiyena sharoitlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.