🏘 KATTABOG‘ MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILIB, MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVLARI YUBORILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Kattabog‘ saylov okrugidan saylangan deputati Abdulaxatova Sadoqat Nortojiyevna tomonidan o‘zi saylangan “Kattabog‘” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi.
🤝 Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov ham ishtirok etdi.
🗣 O‘rganish davomida fuqarolar qabuli tashkil etilib, aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi. Murojaatlarda hududdagi dolzarb masalalar, jumladan:
🔹 maishiy gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish;
🔹 elektr energiyasi ta’minotidagi mavjud muammolar;
🔹 mahalla ko‘chalarini ta’mirlash va obodonlashtirish
kabi masalalar ko‘tarildi.
🔎 Murojaatlarni hal etish maqsadida mahalla mas’ullari bilan birgalikda mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
📨 Aniqlangan muammolar yuzasidan deputat S. Abdulaxatova tomonidan shu kunning o‘zida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.
📌 Ya’ni murojaat — o‘rganildi, muammo — aniqlandi, masalani hal etish uchun tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yo‘llandi.
🌱 Aholi murojaati — e’tiborda, muammo — nazoratda!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.