35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi U.Omonov hamda Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida amalga oshirilayotgan “Drayver” loyihasi bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati S. Norboyeva hamda tuman Kengashi deputati B. Kulbuldiyev tomonidan tumanda qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi U.Omonov hamda tuman Kengashi deputati L.Djamalova tomonidan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Shakarov hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayeva tomonidan hududdagi xotin-qizlar bilan bandlik va tadbirkorlik masalalari yuzasidan yaqindan suhbatlashildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimova tomonidan Toxirshayx mahallasidagi xotin-qizlar bilan bandlik masalalari yuzasidan yaqindan suhbatlashildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U.Omanov hamda Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Turkibola mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov tomonidan hududdagi ko‘chada amalga oshirilayotgan asfaltlash va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi L.Djamalova tomonidan tuman Kengashi deputati M.Kazakovaning faoliyati tahlil qilinib, deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar va saylov okrugida olib borilgan faoliyat natijalari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov hamda tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i S.O‘tashev tomonidan Farovon ko‘chasida yo‘lni qayta asfaltlashga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov hamda Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan G‘allakor mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Qonunchilik targ‘iboti

Qonunchilik targ‘iboti

O‘zbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 2021-yil 28-dekabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2022-yil 17-martda Senat tomonidan ma’qullangan hamda 2022-yil 20-aprelda O‘RQ–765-son bilan imzolangan. Mazkur qonun nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, mikromoliyalashtirish xizmatlari sifatini oshirish hamda moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Qonunga ko‘ra:

💠 Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining huquqiy maqomi belgilandi;
💠 Nobank kredit tashkilotlarini tashkil etish va faoliyat yuritish tartibi aniqlandi;
💠 Moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari mustahkamlandi;
💠 Mikromoliyalashtirish sohasida zamonaviy va qulay xizmatlarni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratildi.

Mazkur qonun aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat moliya bozorining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.