Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Adolat” SDPdan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna mahallalarda elektr energiyasini tejash va zamonaviy yoritish tizimlarini joriy etish masalasini deputatlik nazorati doirasida o‘rgandi.
💡 Shu maqsadda Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Bekjanovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📌 So‘rovda tumandagi magistral va ichki yo‘llarni quyosh panellari yordamida yoritish tizimi joriy etilganligi, mavjud holat va bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
🌱 Quyosh energiyasidan foydalanish — elektr energiyasini tejash, zamonaviy va ekologik toza yoritish tizimlarini rivojlantirish bilan birga, mahallalarda qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.
📄 Mazkur masala bo‘yicha tegishli ma’lumot deputatlik so‘roviga belgilangan tartibda taqdim etilishi so‘raldi.
⚡️ Energiya tejamkor yechimlar — zamonaviy va barqaror infratuzilma sari muhim qadam.