35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan To‘polos mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘. Omonov tomonidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev ishtirokida Tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar bilan “Yoshlar va ma’naviyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasi aholisining ichki yo‘lni asfaltlashtirish hamda piyodalar yo‘lagi qurish bo‘yicha murojaati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan tuman elektr tarmoqlari bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi L. Djamalova, komissiya a’zolari hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov ishtirokida Kengashning ish rejalari ijrosi va deputatlik so‘rovlarining natijalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan Go‘zal mahallasida ko‘cha va hududlarni tungi yoritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan fuqaroning bandlik masalasiga oid murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
YOSHLAR BANDLIGI VA ULAR UCHUN YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan Parkent tumani Yoshlar ishlari bo‘limida tumandagi yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, yoshlar bandligi hamda yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida bo‘lim bosh mutaxassisi A.Usmonov bilan suhbat o‘tkazilib, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Ma’lum qilinishicha, Parkent tumanida 2026-yil iyun oyi holatiga joriy yil boshidan buyon 372 nafar yoshning doimiy bandligi ta’minlangan.Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida jami 48 ta loyihaga 3 mlrd 940 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.Ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va kengaytirishi uchun imkoniyat yaratilgan hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Jumladan, 23 nafar yoshga 2 mlrd 290 mln so‘m kredit ajratilib, 25 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, 20 nafar oliy ta’lim bitiruvchisiga 1 mlrd 90 mln so‘m kredit ajratilib, 22 ta yangi ish o‘rni tashkil etilgan. Yana 5 nafar yoshga 560 mln so‘m miqdorida kredit ajratilgan.“Ko‘mak” loyihasi doirasida 2 nafar yoshga 260 mln so‘m ssuda ajratilib,2 ta ish o‘rni yaratildi. Bundan tashqari, umumiy qiymati 390 mln so‘mlik 3 ta loyiha moliyalashtirish jarayonida ekani qayd etildi.Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. “Yoshlar daftari” bo‘yicha Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 20 nafar farzandiga 78 mln so‘m miqdorida amaliy yordam ko‘rsatildi.Jumladan, yoshlarning kontrakt to‘lovlari, haydovchilik guvohnomasini olish,o‘quv kurslarida tahsil olish, safarbarlik chaqiruvi rezervi va boshqa zarur xarajatlari qoplab berildi.Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 72 ming nafar yosh ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib,shundan 59 ming nafari, ya’ni 82 foizi musobaqa va tanlovlarga jalb etilgan.Jumladan, 38 ming nafari sport yo‘nalishlariga, 21 ming nafari esa ko‘rik-tanlov va loyihalarga jalb qilingan.Mazkur musobaqalarda tuman yoshlari munosib ishtirok etib, respublika bosqichlarida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.Shuningdek, avgust oyida o‘tkazilgan viloyat bosqichida 5 nafar tuman yoshining Respublika bosqichiga yo‘llanma olgani ularning sport va iqtidor yo‘nalishlaridagi salohiyati yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish borasida ham tegishli ishlar olib borilmoqda. Yanvar–iyun oylarida yoshlar tomonidan 14 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 taga yoki 33,3 foizga kamaygan.Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalari orqali 1,2 ming nafar yosh qamrab olindi. Profilaktik hisobda turgan 12 nafar yosh “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inlariga jalb etildi.Yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish maqsadida 62 ta “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, ularda 4 281 nafar yosh qamrab olindi.Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalishida tumandagi 8 ta o‘quv markazida 3 818 nafar yosh tahsil olgan bo‘lib, shundan 878 nafari sertifikatga ega bo‘lgan. “2+6” dasturi doirasida esa 3 ta o‘quv markazida 15 nafar yosh o‘qishga jalb qilingan.O‘rganish yakunida yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 4