O‘rganish davomida ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinfxonalar, maktab hududi va mavjud jihozlarning holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, ta’lim muassasasida obodonlashtirish ishlarini yakunlash hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar berildi.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi