35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan To‘polos mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘. Omonov tomonidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev ishtirokida Tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar bilan “Yoshlar va ma’naviyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasi aholisining ichki yo‘lni asfaltlashtirish hamda piyodalar yo‘lagi qurish bo‘yicha murojaati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan tuman elektr tarmoqlari bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi L. Djamalova, komissiya a’zolari hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov ishtirokida Kengashning ish rejalari ijrosi va deputatlik so‘rovlarining natijalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan Go‘zal mahallasida ko‘cha va hududlarni tungi yoritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan fuqaroning bandlik masalasiga oid murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Kazakova hamda tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatov tomonidan Turkibola mahallasida amalga oshirilayotgan “Zarbdor tajribasi” loyihalari ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar deputatlik nazoratida

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Termiz shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i R.Odinayevning hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari ijrosi, kasalliklar profilaktikasi, aholida sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish hamda sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida komissiya a’zolari tomonidan tibbiyot sohasidagi mavjud holat, erishilgan natijalar, muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish
Bugungi kunda Termiz shahrida 207 326 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 101 694 nafari erkaklar, 105 632 nafari ayollarni tashkil etadi.
Shaharda:
10 ta davlat tibbiyot muassasasi;
1 ta shahar markaziy shifoxonasi;
1 ta bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi;
1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika;
7 ta oilaviy poliklinika faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatayotgan 98 ta nodavlat tibbiyot muassasasi mavjud.
Tibbiy infratuzilma va zamonaviy texnologiyalar
Termiz shahar markaziy shifoxonasida 280 ta budjet o‘rni mavjud bo‘lib, har 10 ming aholiga 13,5 ta o‘rin to‘g‘ri keladi.
Ochiq budjet mablag‘lari hisobidan tibbiyot birlashmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
315 dona kompyuter jamlanmasi;
126 dona printer;
8 dona infokiosk;
135 dona planshet;
70 dona termoprinter;
19 dona sovutgich;
6 dona smart-monitor;
7 dona UZI apparati;
1 dona IVL apparati;
1 dona LOR kombayn xarid qilingan.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish
Hisobot davrida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi ko‘rsatkichlarga ham alohida e’tibor qaratildi.
2025-yilning 6 oyida 2 180 ta tug‘ruq qayd etilgan bo‘lsa, 2026-yilning 6 oyida bu ko‘rsatkich 2 198 tani tashkil etib, 18 taga oshgan.
Quvonarlisi, 2025-yil 12 oyi hamda 2026-yilning 6 oyi davomida onalar o‘limi qayd etilmagan.
Go‘daklar o‘limi esa 2025-yil 12 oyida 55 ta, 2025-yilning 6 oyida 24 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yilning 6 oyida 17 tani tashkil etib, 7 taga kamaygan.
Shuningdek, 15–16 yoshdagi tug‘ruqlar qayd etilmagan. 17 yoshdagi tug‘ruqlar 2025-yil 12 oyida 6 nafarni, 2026-yil 6 oyida 4 nafarni tashkil etgan. 18–19 yoshdagi tug‘ruqlar esa 2026-yilning 6 oyida 5 nafarni tashkil etgan.
Hisobotda kontraseptiv vositalar bilan qamrab olingan “D” nazoratidagi fuqarolar soni 10 446 nafar ekani ham qayd etildi.
Deputatlik nazorati davom etadi
Yig‘ilish davomida komissiya a’zolari tomonidan tibbiyot sohasidagi mavjud holat, erishilgan natijalar, muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish va sessiyada ko‘rib chiqish belgilandi.
Aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 2