35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan To‘polos mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘. Omonov tomonidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev ishtirokida Tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar bilan “Yoshlar va ma’naviyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasi aholisining ichki yo‘lni asfaltlashtirish hamda piyodalar yo‘lagi qurish bo‘yicha murojaati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan tuman elektr tarmoqlari bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi L. Djamalova, komissiya a’zolari hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov ishtirokida Kengashning ish rejalari ijrosi va deputatlik so‘rovlarining natijalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan Go‘zal mahallasida ko‘cha va hududlarni tungi yoritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan fuqaroning bandlik masalasiga oid murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
#deputatlar_nazorati #biriktirilgan_qonun

O‘zbekiston Respublikasida yer va ko‘chmas mulk munosabatlarini tartibga solish, fuqarolar hamda tadbirkorlarning mulkiy huquqlarini kafolatlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarning joylardagi ijrosi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 24-Charog‘on saylov okrugi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi N.Hasanova hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan deputatga biriktirilgan tashkilot — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Marg‘ilon shahar filialida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida filial boshlig‘i A.Ibragimov tomonidan amaldagi qonunchilik ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi qonuni asosida Marg‘ilon shahrida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda barpo etilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish hamda ularni to‘laqonli iqtisodiy muomalaga kiritish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur qonuniylashtirish tadbirlari doirasida 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar, belgilangan me’yordan ortiq foydalanib kelinayotgan yer uchastkalari, avvalgi aksiyalar doirasida yakuniga yetmagan murojaatlar, 2021-yil 8-iyunga qadar hokim qarori chiqarilgan, biroq tasdiqlanmagan yer maydonlari, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda yer hujjatlari rasmiylashtirilmagan tadbirkorlik obyektlariga nisbatan mulkiy huquqlarni qonuniy e’tirof etish ishlari amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, huquqlarni e’tirof etishda yer uchastkasi boshqa shaxsga ajratilmagan bo‘lishi, chegara nizolari mavjud emasligi, soliq qarzdorligi yo‘qligi, muhofaza zonalariga to‘g‘ri kelmasligi hamda belgilangan bir martalik to‘lov amalga oshirilgan bo‘lishi kabi qonunchilik talablari qat’iy hisobga olinayotgani ta’kidlandi.

Mutaxassislarning fikricha, mazkur islohotlar natijasida fuqarolar va tadbirkorlar o‘z ko‘chmas mulklariga nisbatan qonuniy huquqlarini mustahkamlash, ularni erkin tasarruf etish, sotish, hadya qilish, garovga qo‘yish hamda kelgusida noqonuniy qurilma sifatida buzilish xavfini bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan Kadastr sohasida olib borilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda qonunchilik ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 3