35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining deputati M.Musurmanov tomonidan 85-ds-377-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U. Omonov tomonidan Aliobod mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U.Omonov tomonidan Aliobod mahallasida fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Tavboev Azamat Qo'shboqovichning deputatlik so‘roviga tuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U. Omonov tomonidan hududdagi ichimlik suvi ta’minoti va mavjud tarmoqlarning ta’mirlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U.Omanov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hokimi o‘rinbosari M.Alibekovning hisoboti yuzasidan Aliobod mahallasida joylashgan Pay kanalining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan tuman hokimligi Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi bosh mutaxassisi G‘.Eltayevning faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Xudayberdiyev tomonidan tegishli mas’ullar ishtirokida Juvozxona mahallasidan Madaniyat mahallasigacha bo‘lgan hududda “Ochiq budjet” loyihasi asosida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Inson ijtimoiy xizmatlari markazi direktori o‘rinbosari M. Mamatovning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida o‘rganildi.
🏫 Inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablarda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

🏫 Inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablarda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

Belgilangan reja-grafikka muvofiq, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Azimov Amir Abralovich xizmat safarida bo‘lganligi munosabati bilan, Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Diyorbek Toyirov va Muborak Astanova tomonidan Navoiy shahar
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi inklyuziv ta’lim joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2025–2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida inklyuziv ta’limni tashkil etish, alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifati hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi tahlil qilindi.

⚖️ Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirildi. Ushbu Qonunda har bir shaxsning ta’lim olish huquqi, inklyuziv ta’limni tashkil etish, ta’limda teng imkoniyatlarni yaratish hamda alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha inklyuziv ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va qonunchilik talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 3