35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov Xosa mahallasining Yuksalish ko‘chasi ko‘chaboshisi (oqsoqoli) Zafarboy Abduqodirov bilan yaqindan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev, tuman hokimi o‘rinbosari E.Mamadiyorov hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari A.Tamiqayev ishtirokida fuqarolar xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 29-sessiyasida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli doimiy komissiyalar tomonidan dastlabki o‘rganishlar olib borilib, doimiy komissiya raislari va a’zolarining xulosa hamda takliflari eshitildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, sessiya kotibi etib 21-Zarafshon saylov okrugi deputati Mirzaqulov Shoxrux Urinovich tasdiqlandi hamda sessiya yakunida uning axboroti tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish toʻgʻrisidagi masala ko'rib chiqildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g’risida”gi O‘RQ-1153-son Qonunining ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi masala ko'rib chiqildi
янв.21
"Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi" mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
янв.21
Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Turdiyevning hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaati o‘rganildi.
22-Katput saylov okrugida yirik loyiha muhokamada

 22-Katput saylov okrugida yirik loyiha muhokamada


 

Farg‘ona viloyat Turizm boshqarmasi Ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, tuman Kengashi deputati O‘.Otaboev Oltiariq tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Sh. Turdaliyev va mutasaddilar bilan mazkur masalani muhokama qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha 22-Katput saylov okrugida Rishton–Oltiariq chegarasida zamonaviy ansambl-darvoza barpo
etish rejalashtirilmoqda.
Loyihada: milliy me’morchilik uslubidagi muhtasham kirish darvozasi; piyodalar uchun xavfsiz o‘tish yo‘lagi; kuzatuv maydonchasi; dam olish va sayyohlar uchun qulay hududlar; hudud tarixi va madaniy merosini aks ettiruvchi badiiy kompozitsiyalar; zamonaviy yoritish va obodonlashtirish elementlarini joylashtirish nazarda tutilgan. Mazkur
tashabbus amalga oshirilsa, u nafaqat Oltiariq tumanining zamonaviy qiyofasini yanada boyitadi, balki hududning turistik jozibadorligini oshirish, mehmonlarda ilk ijobiy taassurot uyg‘otish hamda aholi uchun yangi jamoat makonini yaratishga xizmat qiladi.
 

   

Slide 1 of 3