35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan “Samarqand suv ta’minot” MChJ tuman filiali boshlig‘i. J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Og‘ir va Guliston mahallalarida fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan kunlik ish rejasiga muvofiq Og‘ir mahallasida tuman Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Javshar ota mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov hamda tuman hokimining o‘rinbosari E.Mamadiyorov tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi hamda qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan Yangiobod mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3 -Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Deputat aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi

Deputat aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Mardonova Turon mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan Pastdarg‘om tumani Soliq inspeksiyasi hisobotini ko‘rib chiqish arafasida aholi murojaatlari yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida Turon MFY Turkiston ko‘chasi ko‘cha boshi Suyarqulov Fozil hamda mazkur ko‘chada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning soliq tizimiga oid murojaatlari, taklif va e’tirozlari tinglandi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda aholiga zarur tushuntirishlar berish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🤝 Deputatlarning aholi bilan bevosita muloqotlari fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4