35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Kazakova tomonidan hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda M.Ulug‘bek mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda "Zarbdor tajribasi" asosida olib borilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan Nakurt mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Ko‘paki mahallasida madaniy faoliyatni tashkil etish, aholiga madaniy xizmatlar ko‘rsatish hamda sohadagi mavjud holat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov Nakurt mahallasidagi dehqon bozorida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Yangiobod mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Suhbat davomida mahalladagi ichki yo‘llarning holati, kommunal xizmatlar sifati, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalash ishlari, ekologik muhitni yaxshilash hamda transport qatnoviga oid mavjud masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularning ijrosi holatini o‘rgandi.
янв.21
O‘rganish davomida qurilish ishlarining ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan maqsadli va samarali amalga oshirilishi, ishlarning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov hududdagi avtomobil yo‘llari holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib, mavjud infratuzilma va transport qatnovi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov Oqtosh mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda o‘rganish ishlarini olib bordi.
QAROR IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

QAROR IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 72-son qarori ijrosini o‘rganish yuzasidan amaliy nazorat ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomiga mas’ul xodimlarning malakasini oshirish, ijro intizomini tashkil etish, hujjatlar ijrosini nazorat qilish, "Ijro.gov.uz" tizimidan foydalanish hamda qaror talablari amalda bajarilishi yuzasidan deputat nazorati amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

✅ Deputat nazorati – qonun hujjatlari to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, davlat organlari faoliyatida ijro intizomini mustahkamlashni oshirishga xizmat qiladi.