Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratova tomonidan 2026-yil 27-iyul kuniga belgilangan shaxsiy ish rejasiga muvofiq kunlik vazifalar ijrosi tizimli ravishda tashkil etildi.
Ish kuni avvalida xodimlar davomatini nazorat qilish, E-Kengash va EDO tizimlari orqali kelib tushgan murojaatlar hamda xizmat xatlarini ko‘rib chiqish, Kengash faoliyatiga oid yangiliklarni yoritish va kotibiyat xodimlari o‘rtasida kunlik topshiriqlar taqsimoti amalga oshirildi.
Shuningdek, ish rejasiga muvofiq 2-saylov okrugidagi Zormon hamda 5-saylov okrugidagi Bog‘ishamol mahallalarida bo‘lib, hududdagi mavjud masalalar joyiga chiqib o‘rganiladi, fuqarolar murojaatlari tahlil qilinadi va aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli deputatlik so‘rovlari tayyorlanadi.