2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga saylovchilar murojaatlari hamda hududlarning dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.
🗣 29-Galatut saylov okrugi deputati Kazakov Maqsud Asredinovich tomonidan quyidagi ustuvor takliflar ilgari surildi:
🔹 Galatut mahallasi:
✅ 40 dona beton elektr ustuni o‘rnatish;
✅ Mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangi mahalla binosi qurish.
🔹 To‘qboy mahallasi:
✅ 20 dona beton elektr ustuni o‘rnatish.
🤝 Mazkur takliflar hududlarda elektr ta’minoti infratuzilmasini yanada mustahkamlash, mahalla tizimining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat va jamoat xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan ilgari surilgan barcha takliflar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.