35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida mahalladagi ichimlik suvi ta’minoti holati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Tuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov hamda tumani hokimi o‘rinbosari E.Mamadiyorov tomonidan hududdagi piyodalar yo‘laklarida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 27-31-iyul kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 27-31-iyul kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi Xudayberdiyev Shunqor Farmonovichning hisoboti sessiya kun tartibida ko'rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi 29-sessiyasida viloyat Kengashi deputatlari Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna, Yusupova Zebiniso Abdusattorovna hamda Norboyeva Sohiba Otakulovnalar ishtirok etishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida Baxrin mahallasining Yuqori Baxrin qishlog‘ida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 21-Zarafshond saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaqulov Shoxrux Urinovich nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
#Doimiy_kommissiya_yig'ilishi

#Doimiy_kommissiya_yig'ilishi

Ayni vaqtda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining Аgrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

Yig'ilishda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev, domiy komissiya raisi “#MADAD” NNT Nurafshon shahar byurosi xodimi N.Niyozov, Nurafshon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va doimiy kamissiya a'zolari qatnashdilar.
Kun tartibida

_O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy
byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish,
byudjet intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-387-son qarorining ijrosi yuzasidan Nurafshon shahrida
obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘rsatiladigan obodonlashtirish
va maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lov tariflari miqdorini tasdiqlash
to‘g‘risida;

Kun tartibidagi masala yuzasidan mas’ul tashkilotlar axborotlari tinglanib, doimiy komissiya a’zolari tomonidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Yakunda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, Kengash sessiyasiga kiritish uchun tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3